KAMOLOV SOBIR KAMOLOVICH
KAMOLOV SOBIR KAMOLOVICH (1924.10.9, hozirgi Qoraqalpog’iston Respublikasi, Chimboy tumani, Qorabug’a qishlog’i) — tarixchi. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1979), O’zbekiston (1974) va Qoraqalpog’iston (1973)da xizmat ko’rsatgan fan arbobi, tarix fanlari doktori (1969). Qoraqalpog’iston pedagogika institutini tugatgan (1948). Qoraqalpog’iston pedagogika instotiti rektori (1957-61), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog’iston bo’limi Prezidiumi raisi (1961-96) va maslahatchi (1996 yildan). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Prezidiumi a’zosi (1984-98). Kamolovning ilmiy faoliyati qoraqalpoq xalqining etnik tarixi, shakllanishi va madaniyati, shuningdek, O’rta Osiyo xalqlari, jumladan, qoraqalpoqlarning Rossiya bilan o’zaro munosabatlari tarixiga oid. Kamolov 300 dan ziyod ilmiy asarlar (jumladan, 10 tasi xorijda nashr etilgan) muallifi. “Jasorat” va “Shuhrat” medallari bilan taqdirlangan (1994). Ad.: Karakalpaki v XVIII — XIX vekax, T., 1968; iz istorii vzaimootnosheniy karakalpakov s drugimi narodami Sredney Azii i Kazaxstana v XVIII — nachale XIX v. (v soavtorstve), T., 1988.