Kamol Tohir

Kamol Tohir (1910-1973. 4, Istanbul) — turk yozuvchisi. Siyosiy faoliyati uchun uzoq muddat qamoqsa yotgan. Ijodini she’rlar yozishdan boshlagan (1932-34). «Ko’l insonlari» (1955), «Qamaldagi shahar odamlari» (1956), «Yettichinor vodiysi» (1958), «xorg’in kurashchi» (1965), «Davlat ona» (1967), «Hur shahar insonlari» (1977) kabi romanlari bor. Kamol Tohirning bu asarlarida Usmonlilar tarixiga oid mavzular, Anado’li qishloqlari hayoti hamda milliy ozodlik kurashi aks ettirilgan. «Kurt (bo’ri) qonuni» (1969) romanida Mustafo Kamol Otaturkka 1926 yil iyulida Izmirda uyushtirilmoqchi bo’lgan suiqasd va xalq dushmanlarining jazolanishi voqealari asos qilib olingan.