Kamov Nikolay Ilich

Kamov Nikolay Ilich (1902.1(14). 9, Irkutsk — 1973.24.11, Moskva) — vertolyotsozlik sohasidagi rus konstruktori, mehnat qahramoni (1972), texnika fanlari Doktori (1962). Vertolyotsozlik bo’yicha tajriba konstruktorlik byurosi bosh konstruktori (1940 yildan). O’qdosh sxemadagi vertolyotlar qurilishi asoschilaridan (o’qdosh sxemadagi vertolyotda bitta umumiy o’kda ikki ko’taruvchi vint qarama-qarshi tomonga aylanadi). Uning rahbarligida ka-8, ka-10, ka-15, ka-18, Ka-25 va ka-26 rusumli vertolyotlar; ka- 22 rusumli vint-qanotli (samolyot bilan vertolyotning uyg’unlashuvi), aerochana yaratildi. Kamov yaratgan vertolyotlarning uchish-texnikaviy ko’rsatkichlari yuqori. Ular bilan 10 ta jahon rekordi o’rnatilgan. Kamov yaratgan vintokrilda esa 8 ta jahon rekordi o’rnatilgan.