Kaminskiy Ilya Yakovlevich

Kaminskiy Ilya Yakovlevich (1900-1969) — gidrotexnika sohasidagi olim, professor (1945), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1952). Moskva Oliy texnika bilim yurti (MVTU) ni tugatgan (1927). Toshkent «Gidroelektroqurilish» boshqarmasida muhandis (1927-30), O’rta Osiyo industrial institutida dotsent (1930-43), kafedra mudiri (1944-69), Farhod GES qurilishida bosh muhandis (1944), O’rta Osiyodagi bir necha yirik GES lar qurilishida, boshqarmalarda, ilmiy tadqiqot institutlarida ishlagan. Ilmiy ishlari suv energiyasidan foydalanish masalalariga, gidroenergetika qurilmalarini tadqiq qilishga, gidravlika va gidravlika mashinalarining nazariy masalalariga doir. Kaminskiy Gidrotexnikaga oid bir necha ilmiy asarlar muallifi.