Don Kixot kim?
Ko’plab komediyalar va dostonlar muallifi Migel Servantes (1547-1616) eng mashhur ispan yozuvchilaridan biri edi. Uning eng mashhur asari — “don Kixot”. Bu, o’z yarog’bardori Sancho Panso bilan birga shuhrat ortidan yo’lga tushgan g’amgin ritsarning tarixidir. Xo’jayin qanchalik qoqsuyak bo’lsa, xizmatkor shunchalik semiz edi. Ularning sarguzashtlari bag’oyat g’ayriodatiy. Don Kixot o’zining Rossinant degan qari ayg’irida ishtiyoqmandlik va telbalikning, eshak mingan Sancho Panso esa — oqillik va bama’nilikning timsolini mujassam etgandi. Matonatli ritsarlar va ular qutqargan shoh qizlari haqidagi romanlarni rosa ko’p o’qigan don Kixot unga ro’dapolardek bo’lib tuyulgan eltegirmonlar bilan kurashini boshlaydi, uning qalbi mahbubasi har nechuk shoh qizi emas, balki qishloqi oyimqiz Dulsineya edi. Datto don Kixotning qilichi tegirmon parragiga tegib singanda ham risar mag’lubiyatni tan olmaydi; u sehrgarlar ro’dapolarni eltegirmonlarga aylantirib qo’yganini ta’kidlagancha noreal dunyoda orzular bilan yashashni davom ettiraveradi.