YANGIKO’L

YANGIKO’L — Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi oqmas ko’l. Havzasining maydoni 2,36 kilometr kvadrat. Sirdaryoning o’z o’zani bo’ylab tartibsiz oqishidan vujudga kelgan. Sug’oriladigan maydonlardan oqib tushadigan tashlama suvlar hisobiga to’yinadi. Mahalliy baliqchilik uchun ahamiyati bor.