YANGIARIQ
YANGIARIQ — Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi qishloq, tuman markazi. Xorazm viloyatining Janubda joylashgan. Viloyat markazi (Urganch shahri)gacha 20 kilometr. Yaqin temir yo’l stantsiyasi — Urganch. Aholisi 10,5 ming kishi (2005). Qishloq aholisi va xo’jaliklari Tagan kanalidan suv oladi. Yangiariqda paxta tozalash, g’isht zavodlari, qurilish korxonalari, O’zbekiston — Turkiya qo’shma korxonasi, avtokorxona, MTP bor. 3 umumiy ta’lim maktabi, litsey, gimnaziya, kasb- hunar kolleji, tuman Markaziy kutubxonasi va uning tarmoqlari, 2 madaniyat uyi, stadion mavjud. Tuman Markaziy kasalxonasi, poliklinika, tug’ruqxona, dorixona va boshqalar tibbiy muassasalar aholiga xizmat ko’rsatadi. Yangiariqdan Urganch, Xiva shahrilari, Xonqa, Hazorasp shaharchalari va Bogot qishlog’igacha avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi. Xiva — Toshkent yo’nalishidagi avtobuslar Yangiariq hududidan o’tadi.