TO’RTKO’L
TO’RTKO’L — 1) qadimgi yaxlit yassi qirlarning yemirilishidan qolgan supasimon tepalar. To’rtko’lda cho’kindi tub jinslar qatlamlari gorizontal yotadi. Amudaryo etagida ko’p uchraydi. Ba’zan to’da-to’da joylashib To’rtko’l tipli relef hosil qiladi, 2) qadimgi qal’a xarobalari, qo’rg’onlar, shuningdek, karvonsaroylar ham shu atama bilan yuritiladi. Joy nomlari shaklida ham uchraydi (masalan, To’rtko’l shahri).