To’rtko’l

To’rtko’l (1873-1918 yillarda Petroaleksandrovsk) — Qoraqalpog’iston Respublikasi To’rtko’l tumanidagi shahar, tuman markazi. Yaqin temir yo’l stantsiyasi — To’rtko’l (4 kilometr). Aholisi 50,8 ming kishi (2004). To’rtko’l Amudaryoning o’ng sohilida o’rnashib olgan mustamlakachi rus harbiylari tomonidan qadimgi To’rtko’l qishlog’i o’rnida 1873 yil 13 avgustda qal’a sifatida barpo qilingan va rus podsholari sharafiga Petroaleksandrovsk deb nomlangan. Shahar qurish uchun xon devonbegisi Matniyoz (Muhammad Niyoz)ga qarashli yerlarning 3227 tanobi (Amudaryo sohilidan 12 chaqirim narida) tortib olingan. Shahar qat’iy plan asosida to’rtburchak (to’rt gul — kvadrat) shaklida qurilgan (To’rtko’l nomi shundan). Mahalliy rivoyatlardan birida shahar nomi «Durgil» forsiy «durri gil» — serxrsil, oltin tuproq ma’nosida talqin etiladi. Shaharda rus harbiy qo’shinlari joylashgan, strategik jihatidan qulay yerdagi bu shahar podsho Rossiyasi tomonidan Sirdaryo viloyati Amudaryo bo’limining siyosiyma’muriy va harbiy boshqarmasi karorgoxiga aylantirildi. 1925 yildan To’rtko’l Qoraqalpog’iston Muxtor viloyatining ma’muriy markazi, 1932 yildan Qoraqalpog’iston ASSRning birinchi poytaxti bo’ldi. Daryo suvining qirg’oqni yuvishi natijasida o’ng qirg’oq emirilib Amudaryo To’rtko’lga yaqinlashib kela boshladi. 1925 yilda Amudaryo To’rtko’ldan 8 kilometr uzoqlikda oqib o’tgan bo’lsa, 1934 yilda suv shahardan atigi 500-800 metr naridan oqib o’ta boshladi. 1938-40 yillar mobaynida Daryo qirg’og’ining yuvilishiga qarshi olib borilgan choralarga qaramay shaharni suv yuvib ketdi va 1949 yilda shahar yangi joyga ko’chirildi. 1932 yilda Qoraqalpog’iston ASSR poytaxti T.dan Nukusta ko’chirilgan. To’rtko’l iqtisodiy va madaniy jihatdan Qoraqalpog’istonning rivojlangan shaharlaridan biri. Shaharda «Agromashta’mir», paxta tozalash zavodi, «To’rtko’lteks», «To’rtko’lyog'», «To’rtko’lmoy» qo’shma korxonalari, temirbeton zavodi, «OsiyoTo’rtko’l» korxonasi, 2 avtokorxona, yonbosh suvqurilish, 1-qurilish boshqarmalari, 3 qurilish ko’chma mexanizatsiyalashgan kolonna, 3 MTP bor. Shuningdek, tuman hokimiyati binosi, supermarket, «Nihol», «Navbahor», «Zarafshon», «Orom» kafelari, «Yusupota» choyxonasi, tantanalar uyi, avtovokzal va temir yo’l vokzali, madaniyat saroyi, «Yoshlik» madaniyat va istirohat bog’i, o’lkashunoslik muzeyi, 2 uymuzeyi, 2 madaniyat uyi, 8 kutubxona, Markaziy maydonda «Mustaqillik», «Motamsaro ona», «Baynalminal jangchilarga» yodgorliklari mavjud. 11 umumiy ta’lim, biznes, san’at maktablari va boshqalar, sanatoriy, maktab-internat, tibbiyot, bank, qishloq xo’jalik maishiy xizmat, engil sanoat kasbhunar kollejlari faoliyat ko’rsatadi. To’rtko’lda Toshkent iqtisodiyot universitetining o’quv konsultativ punkti ishlab turibdi. Stadion (20 ming o’rin), Markaziy kasalxona (625 o’rin), tez tibbiy yordam markazi bo’limi, sil va teritanosil kasalliklari dispanserlari, bolalar va ayollar konsultasiyasi, poliklinika, stomatologiya poliklinikasi, «doridarmon» va boshqa dorixonalar mavjud. To’rtko’l respublika ahamiyatiga ega bo’lgan avtomobil yo’li yonida joylashgan. Toshkent—Nukus yo’nalishidagi poezdlar To’rtko’l orqali o’tadi. Havo transporti To’rtko’lni Nukus, Buxoro, Samarqand, Toshkent shaharlari bn bog’laydi. Elektr energiyasi Taxiatosh issiklik elektr stansiyadan olinadi.