TO’NG’IZTAROQDOSHLAR
TO’NG’IZTAROQDOSHLAR (Dipsacaceae) — ikki urug’pallalilar sinfiga mansub tutashtojbargli o’simliklar oilasi. Asosan, o’tlardan iborat. Yer yuzida 10 turkum, 300 turi bor. O’zbekistonda 4 turkumga mansub 12 turi o’sadi. To’ng’iztaroqdoshlar, asosan, cho’l, adir va tog’ mintaqalarida tarqalgan. Cho’l va adirlarda Scabiosa olivieri, S rhodantha turlari uchraydi, tog’larda esa manzarali Scabiosa songarica usadi. Ayrim turlari begona o’t.