To’nga Turon
To’nga Turon (Xitoy yilnomalarida Tunlo Dulan, Yun Yuylyuy (Yun Ulug’)) — Turk xoqonligi hukmdori (588-600). Ishbara xoqon (581-587)ning o’g’li, Bumin xoqonnivg evarasi. Uning davrida ashina xonadoni a’zolari o’rtasida ichki kurashlar avjga chiqqan bo’lsada, hukmdorligining oxirgi yillarida Xitoyga qarshi bir necha marotaba muvaffaqiyatli safar uyushtirilgan. Shuningdek, xokrnlik 2 qismga G’arbiy va Sharqiy Turk xoqonligiga bo’linib ketish arafasida bo’lgan. Ayniqsa, Istami yabg’uning o’g’li tardu (Qoracho’rin Turk) xoqon (576-603) xoqonlikning g’arbiy qismida yakka hokimlik o’rnatishga va Ishbara xoqonning hukmdorligini tan olmaslikka harakat qiladi va birmuncha muvaffaqiyatga erishadi. Ad.: Gumilev L.N., Drevnie tyurki, M, 1967.