To’laganova Iroda Botirovna

To’laganova Iroda Botirovna (1982.7.1, Toshkent) — tennischi, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan sportchi (2000), «O’zbekiston iftixori» (2001). Tennis bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi a’zosi. Butunjaxrn o’smirlar o’yinlari bronza medali sovrindori (1998, Moskva), qizlar o’rtasida Osiyo (1999, Fukuoka), «Uimbldon» chempionatlari (1999, London) va AQSh ochiq chempionati (1999, Nyuyork) g’olibi. 1998 yildan professional tennischi, WTA tasnifiga kiruvchi 3 ta musobaqada g’olib bo’lgan (2000, Toshkent; 2001, Vena; 2001, Nokkexeyt). Osiyo o’yinlari g’olibi (2002, Pusan). «Shuhrat» medali bn mukofotlangan (1998).