Bolshoy teatrga qaysi yili asos solingan?
Bolshoy teatrga 1776 yilning 28 martida asos solingan. Xuddi shu kuni Moskvada moskvaliklarning ikkita va krepostnoy aktyorlar artistlik truppasining birlashishi ro’y berdi. Mashhur Shalyapin va Pliseskayalarning salaflari Znamenkadagi graf Voronsov koshonasida tomoshalar ko’rsatishardi. 1800 yili truppa Petrovkadagi binoga ko’chib o’tadi. Ammo bu dargoh xosiyatsiz bo’lib chiqdi. 1805 yildagi katta yong’in teatr binosini tamomila yakson qiladi. Tez orada o’sha zamonning mashhur me’morlari Bove va Mixaylov rahbarligida yangi bino qurilgan edi. Ammo bunisi ham chorak asrdan sal ko’proq, 1853 yildagi yong’inga qadar omon turdi. Qrim urushining qiyinchiliklariga qaramay, yangi teatrning taniqli me’mor Kavos yetakchiligidagi inshooti jadal sur’atlar bilan davom ettirildi. Atigi ikki yilda — o’sha zamonlarga nisbatan olganda tasavvurga sig’maydigan muddat ichida — Moskva kindigida Bolshoy teatrning Yevropadagi eng yiriklaridan biri sanalishga haqli bo’lgan ulkan binosi qad rostladi. Yangi teatr ko’p o’tmay xuddi Pokrovskiy jome’si, Kreml minoralari, Buyuk Ivan jomminori singari Moskvaning dihhatga sazovar maskaniga aylandi. Aynan 1856 yilni Bolshoy teatrning, mana 140 yildirki, Moskvaning bag’rini to’ldirib turgan zamonaviy binosi dunyoga kelgan sana deb hisoblash mumkin.