ABADIY HAQIQAT

ABADIY HAQIQAT – bilishning rivojlanish jarayonida haqiqatlarni rad qilib bo’lmasligini bildiruvchi termin. Bu jihatdan abadiy haqiqat mutlaq haqiqatga o’xshashdir. Inson bilish jarayonida ko’pincha nisbiy haqiqatlar bilan ish ko’radi, bu nisbiy haqiqatlarda esa mutlaq haqiqatlarning bo’laklari mavjud bo’ladi. Diniy qarash bo’yicha, diniy arkonlar Abadiy haqiqatdir. Chunonchi, islomga ko’ra, unda e’tirof etilgan aqidalar – Allohning yagonaligiga, farishtalarga, muqaddas kitoblarga, payg’ambarlarga, oxiratga, taqdirning ilohiyligiga va inson o’lganidan keyin qayta tirilishiga ishonish Abadiy haqiqat hisoblanadi.