TILLAKORI

TILLAKORI (forscha — tilla bilan ishlangan) — amaliy bezak san’atida buyumlarni bezatish usuli, zarqallash. Shu usulda bezatilgan buyumlar ham Tillakori deb ataladi. Oltin parralari eritilib, buyumlar sirtiga yediriladi, zarqallanadi. Me’morlikda bino bezaklari — naqshlar zarhal bilan Tillakori bezatilgan. Jumladan, Samarqanddagi Tillakori madrasaning nomi ham shundan.