KARLSKRUNA
KARLSKRUNA – Shvetsiya Janubidagi shahar, Boltiq dengizi bo’yidagi port. Blekingelenining ma’muriy markazi. Aholisi 59 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Elektrotexnika va radioelektronika, kemasozlik, tsellyuloza-qog’oz, kimyo, oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari, harbiy-dengiz o’quv yurti bor. Karlskruna 17-asrda bunyod etilgan qal’a atrofida vujudga kelgan.
O‘xshash so‘zlar
- Karlsrue
- KARMA
- Karmakdoshlar
- Karmana qalay koni
- Karmana, Karmina
- Karmel
- Karminagiy, Oxund mulla Muhammad vafo
- Karnallit


