Karnallit

Ma’nosi

Karnallit (nemis kon muhandisi R.Karnall nomidan) — xloridlar kichik sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi KMgCl3 • 6N2O. Tarkibida magniy (8,7%), kaliy (14,1%), xlor (38,3%), suv (38,9%) hamda ozroq tseziy, rubidiy, galliy (0,01% gacha) va brom (0,2% gacha) bor. Romb singoniyali. Sof Karnallitning kristallari shaffof, qizil, sariq, pushti va qo’ng’ir rangli. Shishadek yaltiroq, qattiqligi 2,5. Zichligi 1600 kg/m3. K kuchli gigroskopik, havo namidan parchalanadi. Hosil bo’lishi xemogen. Karnallit Tepaqo’rg’on (O’zbekiston), Solikamsk, Kaluga (RF), Shtasfurt (Germaniya), Gugurttog’, Karluq (Turkmaniston)dagi tuz konlarida bor. O’g’it sifatida, namakoblari fotografiya va tibbiyotda ishlatiladi.

O‘xshash so‘zlar

K harfi: barcha so‘zlar