KARL IV

KARL IV (1316.14.5-1378.29.11) -Germaniya qiroli va “Muqaddas Rim imperiyasi” imperatori (1347 yildan), Lyuksemburglar sulolasidan bo’lgan Chexiya qiroli (Karl I nomi bilan 1346 yildan). Chexiyada qirol hokimiyatini mustahkamlagan, hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyatning rivojlanishini rag’batlantirgan. Germaniyaning siyosiy parchalanishi Karl IV tomonidan e’lon qilingan “Oltin bulla” (1356)da huquqiy jihatdan mustahkamlandi.