Karl V

Karl V (1500.24.2, Gent – 1558.21.9, Ispaniyadagi avliyo Yust monastiri) — «Muqaddas Rim imperiyasi» Imperatori (1519-56), Ispaniya qiroli (Karlos I) (1516-56). Niderlandiya shahzodasi (1516-55), Sitsiliya qiroli (Karl IV) (1516-56). Gabsburglar sulolasidan. Katolisizm bayrog’i ostida reaktsion reja — «Jahon xristian davlati»ni tuzishga harakat qilgan. Frantsiya (Italiya urushlari, 1494-1559) va Usmonli turk saltanati bilan urushlar olib borgan. Nemis protestant — knyazlari bilan bo’lgan kurashda mag’lubiyatga uchragan va ular bilan Augsburg diniy sulhi imzolangach (1555), taxtdan voz kechgan.