KO’KSULTON
KO’KSULTON (Prunus nachicevanica S. Kadr.) — ra’noguldoshlarga mansub mevali daraxt, xalq selektsiyasi yo’li bilan yetishtirilgan ertapishar olxo’ri navlaridan biri. Ko’chati o’tqazilgach, 4-yili hosilga kiradi, daraxti balandligi 5 metrcha, shox- shabbasi yumaloq-oval. Barglari mayda. Aprel boshlarida gullab, iyunda pishadi. Mevasi 22-26 gramm, eti sarg’ish, nordon- chuchuk; danagi etidan yaxshi ajralmaydi; 10 yillik daraxti 100 kilogrammgacha hosil beradi. Mevasi yaxshi saqlanmaydi. O’zbekistonning hamma hududlarida o’stiriladi.
O‘xshash so‘zlar
- KO’KSUV
- Ko’ksuv tizmasi
- Ko’ktarg’oqlar
- Ko’ktepa
- KO’KTEPA TOG’LARI
- KO’KTERAK
- KO’KTINVA
- KO’KTIRNOQ YARIM OROLI


