KO’KTINVA

KO’KTINVA — o’rtapishar qovun navi. Shakli tuxumsimon, uzunligi 32-40 santimetr, og’irligi 2,5—5 kilogrammga boradi. Sirtida tekis yirik to’rlari bor. Rangi och yashil, Po’sti qattiq, eti oq, qalinligi 4-5 santimetr, qarsillaydi. Tarkibida 8-11,1% qand, shu jumladan, 4,2— 6,9% Saxaroza, 10,5—12,5% quruq modda bor. Urug’xonasi o’rtacha, urug’i yirik. Urug’dan unib chiqqanidan keyin hosili 80-85 kunda pishadi. 220-260 tsentner/gektar hosil beradi. Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Buxoro, Andijon va Farg’ona viloyatlarida ekiladi. Farg’ona viloyatida ko’z va qishga saqlash uchun yarokli bo’lgan, mevasi yirik, kechpishar xili ham uchraydi.