KO’KBOSHCHITIR

KO’KBOSHCHITIR (Delphinium songoricum) — ayiqtovondoshlar oilasiga mansub bir yillik o’t. Poyasi oddiy yoki ostki qismidan shoxlangan, bo’yi 15-20 santimetr. Yopirma barglari bandli, 3 bo’lakka ajralgan. Guli qiyshiq, gulko’rg’oni och pushti. Gulyonbarglari mayda, bigizsimon, tukli. Gulbandi sertuk. Bargi sal egilgan, uzunligi 10— 15 millimetr. Urug’i 1,2—2 millimetr. May — iyunda gullab, urug’tugadi. Qashqadaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatlaridagi qumli yerlarda ko’p o’sadi. Yem-xashak o’simlik.