KO’KBEL

KO’KBEL, qizilbosh (Aythya ferina) — o’rdaklar oilasining sho’ng’uvchilar urug’iga mansub qush. Vazni 0,7—1,3 kilogramm, yaxshi sho’ng’iydi va suzadi. Yevropa, Osiyo, Amerikada tarqalgan, shu qit’alarning Janubida, qisman, Afrika (Nil Daryosi qavzasi)da qishlaydi. O’rta Osiyoda, jumladan, O’zbekistonda bahor va kuzda uchib o’tayotganda uchraydi, ba’zan qishlab qoladi. To’qay va katta ko’llarda yashaydi. Qamishlar orasiga uya qurib, 6-15 ta tuxum qo’yadi. O’simlik barglari va urug’lari, mollyuskalar, hasharotlar lichinkasi bilan oziqlanadi. Go’shti mazali, ovlanadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan