KO’KRAK BO’SHLIG’I

KO’KRAK BO’SHLIG’I – sut emizuvchi hayvonlar gavda bo’shlig’ining oldingi (odamlarda — yuqori) qismi. Ko’krak bo’shlig’i seroz parda — plevra bilan qoplangan. Ko’krak bo’shlig’ida nafas yo’llari: kekirdak (ko’krak qismi), bronxlar, o’pka, qizilungach (ko’krak qismi), ko’ks oralig’i, yurak, ayrisimon bez va boshqalar joylashgan. Ko’krak bo’shlig’idan qon tomirlar, limfa yo’llari va nervlar o’tadi. U qorin bo’shlig’idan diafragma bilan ajralgan. Ko’krak kafasining shakliga va diafragmaning holatiga qarab, Ko’krak bo’shlig’ining shakli har xil bo’ladi.