JAZLIQ
JAZLIQ — egar yoki to’qim tagidan qo’yiladigan bir juft yumshoq ot abzali. Ikki xili bo’ladi: salt Jazliq — salt (arava qo’shilmagan) ot egari uchun, arava Jazliq — arava qo’shilgan ot egari uchun. Jazliq yumshoq mato — namat (kigiz) dan tayyorlanadi. U ot terlaganda namni shimib turadi, otni yag’ir bo’lishdan asraydi.