ILDAM KALTAKESAK

ILDAM KALTAKESAK (Eremias velox) — chin kaltakesaklar oilasining turi. Eron, shimoliy-g’arbiy Xitoy, Kavkaz, Rossiyaning Janub hamda O’rta Osiyoda tarqalgan. O’zbekistonda Ildam kaltakesakni sho’rxok taqirlar, qumli cho’llar, to’qay, chakalakzor, ariq va hovuzlar bo’yida uchratish mumkin. Tanasining uzunligi 8,5 santimetrgacha, dumi tanasidan 1,4—2 marta uzun. Gavdasining usti kulrang, to’q jigarrang yoki qoramtir, orqa tomonida tana bo’ylab ketgan bir necha qator qora xollari bor. Qorin tomoni oq, dumining osti qizil. Har xil hasharotlar bilan oziqlanadi. Urg’ochisi may — iyulda, hatto avgust boshlarigacha 2-3 marta 3-5 tadan tuxum qo’yib ko’payadi.