INDUKTSIYA

INDUKTSIYA (fizikada) — zaryadlangan jismning elektrostatik maydoni ta’sirida zaryadsiz jismning elektrlanishi. Elektrotexnikaning asosini tashkil qiladi. Induktsiya yo’li bilan elektrlanishni yunon olimi Epinus kashf etgan. Magnit Induktsiya va elektromagnit Induktsiya hodisalari qam mavjud. Ferromagnit va paramagnit jismlardagi magnit Induktsiya atomlardagi elektronlar harakatidan hosil bo’lgan molekulyar yoki elementar magnit dipollarining magnit maydonida ma’lum vaziyatni egallashi bilan ifodalanadi. Biror o’tkazgichni magnit maydonida (Masalan, magnit qutblari orasida) yoki magnit maydonini o’tkazgich atrofida harakatlantirilsa, o’tkazgichda elektr yurituvchi kuch paydo bo’lishi elektromagnit Induktsiya deyiladi. Agar o’tkazgich konturi berk bo’lsa, elektr toki hosil bo’ladi. Elektromagnit Induktsiyaning amaliy ahamiyati katta. Elektr generatorlarining ishi shu hodisaga asoslangan.