JANATAS
JANATAS — Qozog’iston Respublikasining Jambul viloyatidagi shahar (1969 yildan). Jambul temir yo’l shoxobchasining oxirgi stansiyasi. Aholisi 53 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Fosforit (“Qoratov” ishlab chiqarish birlashmasi), kvarsit qazib olinadi. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi.