“JIGAR PORA”

“JIGAR PORA” (majoziy — jigarband, farzand) — ommaviylashgan o’zbek mumtoz cholg’u kuyi, “dil kuyi” nomi bilan ham yuritiladi. Tanbur va dutor an’anaviy ijrochiligida keng o’rin tutadi. “Jigar pora” kuyiga Muqimiy g’azalini bog’lab aytiladigan ashula yo’li ham mavjud.