VANNA
VANNA (nemischa Wanna) — ichiga suyuq muhit (suv, eritma, erigan metall) Soli- nadigan idish, shuningdek asosiy qismi shunday idishdan iborat bo’lgan apparat. Detallarga suyuq muhitda termik ishlov beriladigan qizdirish Vannasi, elektrolitik jarayonlar amalga oshiriladigan galvanik Vanna, bemorlarni mineral suvlar bilan davolashda, Gigiyena maqsadlarida (maishiy korxonalar, turar joylarda) ishlatiladigan xillari bor.