GAY

GAY (Gaius) (?—?)— 2-asr Sabin maktabiga mansub Rim huquqshunosi. Imperator mutlaq hokimiyati hamda cheklanmagan xususiy mulkchilik tarafdori bo’lgan. Rim xususiy huquqiga oid darslik (“Institutsiya”) muallifi. Gay darsligidan ayrim garb mamlakatlari qonunchiligida (masalan, Frantsiya fuqarolik kodeksi, 1804) foydalanilgan.