GETEROKARION

GETEROKARION (getero… va Yunoncha karyon — yadro) — ikki va undan ortiq har xil genotipli gaploid yadro hujayra. Gifalarning o’zaro qo’shilishidan hosil bo’ladi. Bir xujayrada har xil sifatli yadroning bo’lishi geterokarioz deyiladi. Geterokarion zamburug’larda jinsiy jarayon bosqichi sifatida keng tarqalgan.