GETEROXROMIYA

GETEROXROMIYA (getero… va Yunoncha chroma — rang, tus) — o’ng va chap ko’z yoy pardalarining yoki bir ko’z yoy pardasi turli qismlarining har xil rangli bo’lishi. Tug’ma yoki hayot davrida kelib chiqadi. Bo’yin simpatik nervining zararlanishi Geteroxromiyaga sabab bo’ladi. Deyarli hamisha Gorner sindromi qayd qilinadi (qorachiq torayadi, ko’z kisiqroq bo’ladi, ko’z soqqasi ichiga botadi).