GIPERKAPNIYA

GIPERKAPNIYA (giper… va Yunoncha Kapnos — tutun) — arterial qonda (organizmda ham) karbonat angidrid (so,) parsial bosimining (miqdorini ham) normadan ko’payib ketishi. SO2 ortiqcha bo’lgan havodan nafas olinganda, miyadagi nafas markazining qo’zg’aluvchanligi susayishi sababli o’pka ventilyatsiyasi kamayganda, o’pka emfizemasi, asfiksiya va boshqa holatlarda kuzatiladi.