UNTSIYA
UNTSIYA (lotincha uncia — un…) -1) oltin va boshqa nodir qimmatbaho metallarning asosiy vazn birligi (troyya yoki tanga Untsiyasi) = 31,1035 g; 2) inglizcha o’lchov tizimida massa birligi. 1 Untsiya= 16 Draxma = 437,5 Gran=28,35 g; 3) dorixonada ishlatiladigan og’irlik birligi, hozirgi vaqtda qo’llanilmaydi; 4) suyuqlik Untsiyasi hajm (sig’im) birligi. AQShda 29,57 sm3 (1/128 gallon), Buyuk Britaniyada — 28,41 sm3.
O‘xshash so‘zlar
- Unvon
- Unxo’rlar, unxo’r qo’ng’izlar
- Uolles (Wallace), Uilyam
- UOLTON (WALTON) ERNST TOMAS SPINTON
- Uot Tayler qo’zg’oloni
- Uotson (Watson) jon Brodes
- Uotson Jeyms Dyun
- Uotson krik modeli











