JUNO
JUNO — AQShdagi shahar, Alyaska shtatining ma’muriy markazi. Alyaskaning Janubi-sharqida, Gastino bo’g’ozi bo’yidagi port. Aholisi 20 ming kishi. Yog’ochsozlik, tsellyuloza-qog’oz sanoati, baliq konserva korxonalari, aeroport bor. Dengizdan baliq ovlanadi. Turizm rivojlangan. Junoga 1880 yilda asos solingan.