SAN-MARINO

SAN-MARINO — San-Marino davlati poytaxti. Aholisi 3,4 ming kishi. Montetitano qirlarida joylashgan. San-Marinoda hukumat va davlat muassasalari, tipografiya, gazeta tahririyatlari joylashgan. Muzey, kutubxona bor. Turizm rivojlangan. Me’moriy yodgorliklardan cherkov, monastir, hukumat saroyi, sobor saqlangan.