SAN-SEBASTYAN
SAN-SEBASTYAN — Ispaniyadagi shahar. Basklar mamlakati Muxtor viloyatida. Gipuskoa provintsiyasining ma’muriy markazi. Biskay qo’ltig’i sohasidagi port. Aholisi 178,2 ming kishi (1998). Metallsozlik va mashinasozlik rivojlangan. Oziq-ovqat, kimyo sanoati korxonalari bor. Dengiz iqlim kurorti. Turizm rivojlangan. Xalqaro kinofestivallar o’tkaziladi.