SATIN

SATIN (Fransuzcha satin) — paxta ipi yoki kimyoviy toladan to’qiladigan gazlama. Xuddi atlasta o’xshab to’qiladi, lekin atlasning o’ngiga tanda iplari ko’proq chiqib turadi, ya’ni Satinning o’ngida arkok iplari ko’proq bo’ladi. Har metr Satinning og’irligi —90—150 gramm. Satin ayol va erkaklar ko’ylagi, astarlik va boshqalar uchun ishlatiladi.