UAYT SPIRIT

UAYT SPIRIT (inglizcha white oq, rangsiz va spirit — spirt, benzin) — erituvchi benzin, suyuq uglevodorodlar aralashmasi. Qaynash temperaturasi 165— 200° (98%), zichligi 795 kg/m3, uchuvchanligi 3-4,5. Uayt spirit kimyoviy barqaror bo’lishi, saklanganda rangi va tarkibi o’zgarmasligi, tarkibida eruvchan kislotalar, ishkrrlar, suv va mexanik aralashmalar bo’lmasligi kerak. Uayt spirit neftni haydab olinadi, lok-bo’yoq sanoatida erituvchi sifatida qo’llanadi.