UMARXO’JAYEV MUHAMMAD

Ma’nosi

UMARXO’JAYEV MUHAMMAD (1910.5.1 — Toshkent — 1984) — O’zbekiston xalq artisti (1968). 1931-80 yillar Hamza teatrida aktyor. Turdivoy (Uyg’un, I.Sulton, “Alisher Navoiy”), Tixon (A.Ostrovskiy, “Momaqaldiroq”), Doj (U.Shekspir, “Otello”), Saidobid (M.Shayxzoda, “Mirzo Ulugbek”), Zokir (A.Muxtor, “Samandar”) kabi rollari bilan tanilgan. Qahramon xarakterini bo’rttirib gavdalantirish, ularni ko’tarinki, jo’shqin ifodalash Umarxo’jayev ijodiga xos.

O‘xshash so‘zlar

U harfi: barcha so‘zlar