Temirbeton nima?
Tsement, qum, shag’al va suv aralashmasidan beton tayyorlanadi. U katta qattiqlikka ega, lekin mo’rt. Shu boisdan uni po’lat armatura bilan mustahkamlaydilar. Temirbetondan qurilishda foydalanilishi (temir va beton qorishmasi) eng dadil loyihalarni ham ro’yobga chiqarishga imkon beradi. Buningdek imoratning oshirilgan mustahkamligi tsement monolit — yaxlit devor tuzilmasini shakllantirishi hisobiga ta’minlanadi. Temirbeton davri me’morchiligi rummoniy va gotiy uslublarning dabdabali imoratlarini o’z soyasida qoldira boshladi. Me’mor Le Korbyuze tomonidan qurilgan inshootlarni; stadionlarni, teatr binolarini, poyali koshonalarni, Braziliya poytaxti — bu kelajak shahrining me’morchiligini, Nyu-York osmono’parlarini va ko’plab boshqa imoratlarni bir eslashning o’ziyoq kifoya qiladi.
O‘xshash so‘zlar
- Temirbeton
- Temirbeton konstruktsiyalar
- Tennisni kim ixtiro qilgan?
- Teriga qay tariqa ishlov beriladi?
- Tezyurar poyezd nima?
- Tik tok nima degani
- Tillaqoʻngʻiz qanday qilib nur chiqaradi?
- To’g’onlarni nima uchun qurishadi?











