SHCHESIN
SHCHESIN — Polshaning shimubiy g’arbiy qismidagi shahar. Shchesin voevodasining ma’muriy markazi. Aholisi 416,9 ming kishi (1999). Transport yo’llari chorrahasi. Odra daryosi bo’yidagi yirik port. Mamlakat tashqi savdo yuklarining katta qismi Shchesin porti orqali o’tadi. Mashinasozlik (kemasozlik va boshqalar), metallurgiya, kimyo, tsellyulozaqog’oz, oziq-ovqat, tikuvchilik sanoati korxonalari mavjud. Baliq ovlash bazasi. Universitet, teatrlar bor. Shahar ilk bor 9-asrda tilga olingan. 13— 18-asrlarga oid me’moriy yodgorliklar saqlangan.