SHO’RAJRIQ
SHO’RAJRIQ — bug’doydoshlar oilasiga mansub ko’p yyllik ildizpoyali o’t. Poyalari yer bag’irlab o’sadi. Barglari ingichka qalami, yassi. To’pguli boshoqsimon ro’vakdan iborat. Boshoqchalari 5-6 gulli, changisi 2 ta, urug’chisi patsimon. Iyun — avgustda gullab, meva beradi. Tekisliklardagi sho’rxoklarda sho’rlangan qumlarda o’sadi. O’zbekistonning barcha viloyatlarida tarqalgan. Sifatli yem-xashak beradi.
O‘xshash so‘zlar
- Sho’rbuloqsoy
- SHO’RBUTA
- Sho’rchi neft-gaz koni
- SHO’RKUL SUV OMBORI
- SHO’RO
- SHO’RO
- Sho’ro’zak botig’i
- Sho’rob ko’mir koni







