SHOHJAHONPUR

SHOHJAHONPUR – Hindistonning shim. qismidagi shahar, Uttar-Pradesh shtatida, Deoxa daryosi (Gang daryosi irmog’i) bo’yida joylashgan. Aholisi 260 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Transport yo’llari chorrahasi. Qishloq xo’jalik (donli ekinlar, shakarqamish) rayonnining savdo-sanoat markazi. Hunarmandchilikda gilam to’qiladi. To’qimachilik korxonalari bor. Shaharga 1647 yilda asos solingan va Boburiylar saltanati hukmdori Shoh Jahon nomi bilan atalgan.