SHPRIS

SHPRIS (nemischa) — tibbiy asbob. Organizmga turli dori eritmalari yuborish (in’ektsiya), bo’shliklardan (plevra va boshqalar) suyuqliklar (qon, yiring) ni so’rib olish va boshqalar muolajalarda ishlatiladi. Shpris o’lchami aniq ko’rsatilgan, dori eritmalarini dozalarga bo’lishga imkon beradigan tsilindrdan, porshen va ichi kovak ignadan iborat. Hozir bir marta ishlatiladigan Shprislar keng rusum bo’lgan. Bu turli kasalliklar yuqishi va tarqalishining oldini olish imkonini beradi.