SHKODER

SHKODER, Shkodra — Albaniyaning shim.g’arbiy qismidagi shahar. Shkoder retining ma’muriy markazi. Aholisi 82 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Transport yo’llari chorrahasi. Skadar ko’li sohilidagi bandargoh. To’qimachilik, ko’npoyabzal, yog’ochsozlik, tamaki, tsement, rangli metallurgiya sa- noati korxonalari bor. Rozafat qal’asi (14-asr) qoldiqlari saqlangan.