SONGAY

SONGAY — Niger, Mali, Burkinafaso, Nigeriya va Benindagi xalq. 1,6 million kishi (1990 yillar o’rtalari). Songay tilida so’zlashadi. Dindorlari — Sunniy musulmonlar. Songay dehqonchilik, chorvachilik, baliq ovlash bilan shug’ullanadi.