FAQIRIY

FAQIRIY (taxallusi; asl ism-sharifi Ismoilxon Shayx Ibrohimxon o’g’li Shahrisabziy) (1910, Shahrisabz — 1980.4.1, kitob tumani) — shoir. Naqshbandiya tariqati silsilasini davom ettiruvchi murshid darajasiga erishgan. Faqiriy o’zbek va tojik tillarida ijod qilgan. Shoirning “Devon”, “Bayoz”, “Ash’ori mutafarriqot” (“parokanda baytlar”) kabi she’riy to’plamlari, Shayx sifatida yozib qoldirgan “Risolai tariqi zikr” (“zikr odobi risolasi”), “Risolai tariqat” no’mli tasavvufiy risolalari hamda duoxonlik, tibbiyotga bag’ishlangan “kitobi ad’iya min mujarraboti Xalili Ixvon” (“Xalil Ixvon tomonidan qo’llangan duolar kitobi”) deb nomlangan asari qo’lyozmasi saqlangan. As; Bayozi Faqiriy, T., 2005. Ad. Kattayev K., Mahsumi A’zam va Dahbed, Samarkand, 1994; Vohidov Sh., Shahrisabzlik xattot va shoirlar [ming yillar merosi], T., 2002.