FENOKOPIYA
FENOKOPIYA (Yunoncha phaino — bo’laman, topaman va lotincha copia — ko’p) — fenoyashlning irsiy bo’lmagan o’zgarishi (modifikasiya). Genotipntsng muayyan o’zgarishi (mutasiya)ga o’xshab ketadi, lekin irsiylanmasligi bilan undan farq qiladi. ” Fenokopiya” terminini nemis genetigi R. Goldshmidt taklif etgan (1935). Fenokopiya — fizik yoki kimyoviy omillarning rivojlanayotgan organizmga ta’siri natijasi. Masalan, Talidomid preparatini qabul qilgan homilador ayollardan ko’pincha mutant allellar paydo qiladigan fekomeliya (qo’llari bargeimon qisqargan) chaqaloqlar tug’ilgan. Ontogenezning muayyan davrlarida Fenokopiya ko’proq namoyon bo’ladi. Muayyan omil rivojlanishning turli davrlarida har xil Fenokopiya; har xil omillar ontogenezning bir davrida bir xil Fenokopiya paydo qilishi mumkin. Masalan, rivojlanishning dastlabki davrlarida tovuq embrioni sariqlik xaltasiga insulin in’ektsiya qilinganida dumsiz jo’jalar, lekin shu gormon keyinroq kiritilganda ustki tumshug’i kalta jo’jalar rivojlanib chiqadi. Bu ikki xil nuqson genetik mutatsiya tariqasida ham ma’lum. Fenokopiya sababi muayyan omil ta’sirida genotip o’zgarmasdan ontogenezda sodir bo’ladigan jarayonlarning buzilishidan iborat. Fenokopiya olish mumkinligi ontogenez jarayonlarining diskretligini va muayyan genlar ta’sirining “kritik davrlari” bo’lishini ko’rsatadi. Bu qolat ontogenezda Fenokopiyada genetik axborotning yuzaga chiqishini o’rganishda foydalanishga imkon beradi.